Biletlaringizni Gastrol'da soting
Onlayn to'lov (Payme, Click), zal sxemasi, QR-nazorat va hisobot — oylik to'lovsiz. Faqat sotilgan biletdan kelishilgan komissiya.
Tashkilot nomi, telefon va STIR. Hisobingizni tekshirib, 1 ish kunida tasdiqlaymiz.
Afisha, sana, joy va narxlar. Zonalar (VIP, Fan-zona) yoki qator-joy bilan zal sxemasi.
Har bir buyurtma, tushum va platforma komissiyasi kabinetingizda real vaqtda.
Telefon kamerasi bilan QR-biletlarni tekshiring — bitta bilet bilan ikki marta kirib bo'lmaydi.
Pul qachon tushadi?
Xaridorlar to'lagan mablag' platforma hisobiga tushadi. Komissiya ushlab qolingach, qolgan summa shartnomada kelishilgan muddatda (odatda tadbirdan keyin) tashkilotchi hisob raqamiga o'tkaziladi. Kabinetda har bir tadbir bo'yicha tushum va komissiya ko'rinib turadi.
Qanday tadbirlar qabul qilinadi?
Konsert, teatr, stand-up, festival, bolalar shoulari, sport va boshqa ommaviy tadbirlar. Har bir tadbir nashrdan oldin moderatordan o'tadi.